Burxon Sharopov
Burxon Sharopov 1965 yil 1 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1982 yil Toshkent Davlat San’at Institutining rejissura fakultetiga o’qishga kirib, 1990 yil o’qishni tamomlagan. Harbiy hizmat safariga chaqirib qolishganligi va ikki yil hizmat safarida bo’lganligi uchun oliygohni tamomlash biroz cho’zilgan. Oliygohni tamomlagach, ya’ni 1990 yili “O’zbekiston teleradiokompaniyasi”ga rejissyor lavozimida ishga kiradi. O’z intilishlari sababli 1991 yili ilk mualliflik dasturini tashkil qiladi. Burxon Sharopov “Salom, yoshlar” nomli ushbu dasturiga o’zi ham rejissyorlik, ham mualliflik, ham boshlovchilik qiladi. 1996 yili ikkinchi mualliflik dasturi e’kran yuzini ko’rdi. Barchaga birdek ma’lum “7dan 70gacha” ko’rsatuvi e’sa 1998 yili tomoshabinlar xukmiga havola e’tildi. Shuningdek, 1998-2002 yillarda “Assalom, O’zbekiston!” dasturida ham rejissyor, muallif va boshlovchi sifatida faoliyat yuritdi. Mana shu o’tgan yillar mobaynida FM diapazonidan o’rin olgan “O’zbekiston”, “Grand” va “Navro’z” radiolaridagi mualliflik e’shittirishlari ham e’tiborga molik. 2002 yili Burxon Sharopov o’zining reklama agentligi va studiyasi bo’lmish “Navo-media”ni tashkil e’tdi.
1991 yildan to 2002 yilgacha o’zbek e’stradasining ko’plab honandalarini keng ommaga tanilishida katta xissa qo’shgan. Jumladan, Tohir Sodiqov va “Bolalar” guruhi, Rashid Holiqov va “Shahzod” guruhi, Ilhom Farmonov, Ozoda Nursaidova, Ruslan Sharipov, Otabek Madrahimov, “Sadaf” guruhi va boshqalar...
Burxon Sharopov o’z aktyorlik mahoratini “Klinika” va “Baxt uchun million” filmlarida namoyon e’tishga harakat qilgan. |